- 3
- 28.02.2025 09:10:00
- 1 daq o'qish
26-fevral kuni HAMAS to‘rt nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga topshirdi. Bunga javoban Isroil o‘tgan shanba kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.
19-yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimining birinchi bosqichi bu hafta yakunlanishi kerak. Hammasi bo‘lib 2-martgacha davom etadigan birinchi bosqich doirasida 25 nafar isroillik ozod qilinishi va sakkiz nafar garovga olinganlarning jasadlari topshirilishi kerak. HAMAS manbasiga ko‘ra, ozod etilishi kutilayotgan falastinlik mahbuslar orasida G‘azoda qamoqqa olingan 445 nafar erkak, 24 nafar ayol va voyaga yetmaganlar, shuningdek, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 151 nafar mahbus bor.