Isroil Madrimovning layklar yog‘ilgan namozi

Isroil Madrimovning layklar yog‘ilgan namozi
  • 4
  • 08.08.2024 13:37:00
  • 1 daq o'qish

Bokschimiz Isroil Madrimov “yil jangi”ni o‘tkazib, bugun tongda O‘zbekistonga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro ayeroportida rasmiylar va keng jamoatchilik bokschimizni tantanali ravishda kutib oldi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimov 4-avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahridagi BMO stadionida amerikalik Terens Kroufordga qarshi jang qilib, hakamlarning bergan ochkolari hisobiga professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.
Ushbu jang orqali Isroil teletranslyatsiya va bonuslar bilan birga 1 mln dollar ishlab topgan. Uning jangdan oldin o‘qigan namozi surati muxlislarning ko‘plab layklar va qo‘llab-quvvatlovini oldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News