Isroil Eronga havo hujumi uyushtirdi

  • 0
  • 14.06.2025 07:59:00
  • 1 daq o'qish

13-iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirib, Eronning yadroviy dasturi asosiy obyektlariga zarba berdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rising Lion operatsiyasi orqali Natanzdagi asosiy uran boyitish zavodi va yadro olimlariga zarba berganini aytdi.
Hujum oqibatida mahalliy OAV Eron Islom inqilobi gvardiyasi bosh qo‘mondoni general Husayn Salamiy halok bo‘lganini yozmoqda. Bundan tashqari Tehrondagi turar joy binolarida yong‘inlar yuz bergan, infratuzilma obyektlariga ham zarar yetgan.
AQSH ushbu harbiy operatsiyadagi ishtiroki va yordami bo‘lmaganini bildirdi.
Eron esa hujumlarga qat’iy javob qaytarishini aytdi. Xususan, oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil bu zarbasi bilan “o‘zi uchun achchiq va og‘riqli taqdir tayyorlaganini” va “qattiq jazo” kutishi kerakligini bildirgan.
Ikki davlat orasidagi vaziyat fonida Isroildagi o‘zbekistonliklar ehtimoliy hujumlar tufayli ogohlikka chaqirildi. 
Shuningdek, Eron havo hududi yopilishi sabab Toshkentdan uchgan ayrim samolyotlar ortga qaytarildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News