"Yetimni boshi boyning qizini oyog‘iga tengmi?"

  • 0
  • 03.05.2025 12:52:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan o‘g‘il bola bir qizning oyog‘iga bosh urib uzr so‘rayotgani va yana bir qiz shunday uzr so‘rashga majburlanayotgani aks etgan “Yetimni boshi boyning qizini oyog‘iga tengmi?” sarlavhali video tarqaldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, holat Paxtachi tumani 21-umumta’lim maktabi mas’ullari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, bu 1 yil oldin sodir bo‘lgan holatligini va hozirda huquqni muhofaza qilish organlari o‘rganish ishlari olib borayotganini ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News