Qaynoq suvda ham erimaydigan muzqaymoq xavflimi?

Qaynoq suvda ham erimaydigan muzqaymoq xavflimi?
  • 1
  • 28.07.2026 18:03:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda qaynoq suvda ham erimayotgan muzqaymoq aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu holatni sifatsiz mahsulot belgisi sifatida baholagan. Mutaxassislarning aytishicha, sifatli muzqaymoqlarda ham guar saqichi, “locust bean gum” yoki ksantan saqich kabi tabiiy quyuqlashtiruvchi moddalar qo‘llaniladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham mazkur qo‘shimchalardan ruxsat etilgan me’yorda foydalanish sog‘lik uchun xavfsiz ekanini tasdiqlagan. Ammo, ularni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ovqat hazm qilishda qiyinchiliklar tug‘dirib, qorin dam bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor muzqaymoqning erish tezligiga emas, balki uning tarkibiga qaratilishi kerak.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News