Vazifasidan ozod etilgan Is’hoqjon domla o‘rniga yangi imom-xatib tayinlandi

Vazifasidan ozod etilgan Is’hoqjon domla o‘rniga yangi imom-xatib tayinlandi
  • 10
  • 06.09.2023 14:27:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga Yahyo Abdurahmonov imom-xatib etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-sentabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov mazkur masjidga tashrif buyurib, namozxonlarga yangi imomni tanishtirdi.

Yahyo domla Abdurahmonov bunga qadar Olmazor tumanidagi “Imom al-Buxoriy” masjidi imomi bo‘lib ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Imom at-Termiziy” jome masjidining avvalgi imomi Is’hoqjon Begmatov soliqlar va keshbek haqidagi chiqishlari ortidan lavozimidan olingandi.
 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News