
- 0
- 13.08.2025 08:25:00
- 1 daq o'qish
Eronda 56 yoshli Kolshum Akbari 2001–2023 yillar davomida 11 nafar erini zaharlab o‘ldirganlikda ayblanmoqda. “Al Arabiya” xabariga ko‘ra, u boy va keksa erkaklar bilan vaqtinchalik hamda doimiy nikoh qurib, texnik spirt va dorilar yordamida ularni asta-sekin zaharlagan. Qurbonlarning barchasi keksa bo‘lgani uchun ularning o‘limi tabiiy hol sifatida qabul qilingan. Unga har safar marhum erlaridan katta miqdorda meros qolgan. Ushbu qilmishlari uchun unga o‘lim jazosi berilishi mumkin. 45 dan ortiq da’vogar unga o‘lim jazosini talab qilmoqda.