Eron prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi

Eron prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi
  • 2
  • 20.05.2024 15:05:00
  • 1 daq o'qish

Eron nashrlari, xususan Eron vitse-prezidenti Mohsen Mansuri ham Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlashdi.
Endi uning vafoti munosabati bilan oliy rahnamo Xomanaiyning roziligi bilan uning vakolatlari birinchi vitse-prezident Muhammad Moxber zimmasiga topshiriladi. Qonunchilikka ko‘ra, yangi prezidentlik saylovlari esa 50 kun ichida o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

AQSh rasmiylari Eron prezidenti Raisi o‘ldirilgan deb hisoblashmoqda. Shuningdek, Eron xavfsizlik tuzilmalari mamlakat prezidentiga suiqasd bo‘lishini istisno etmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News