
- 0
- 08.09.2025 10:20:00
- 1 daq o'qish
Good News Network’ning yozishicha, amerikalik Lindsi Leskovats rulda uxlab qolib, ikki ustun va daraxtga urilib og‘ir YTHga uchradi. Uning iPhone 14 telefoni “to‘qnashuvni aniqlash” funksiyasi orqali avtomatik tarzda 911 ga qo‘ng‘iroq qilib, qutqaruvchilarni chaqirgan. Jabrlanuvchi son va tos suyaklari, shuningdek bo‘yin umurtqalaridan jarohat olgan holda mashina ostida qolib ketgan. Qutqaruvchilar vaqtida yetib kelgani bois uning hayoti saqlab qolingan
❗️Mutaxassislar iPhone 14 va undan keyingi modellarda “Favqulodda chaqiruv – SOS” bo‘limida ushbu imkoniyatni yoqib qo‘yishni tavsiya qilmoqda.