Andijonda 7 mlrd dollarlik investitsiya va 70 mingta ish o‘rni rejalashtirilmoqda

Andijonda 7 mlrd dollarlik investitsiya va 70 mingta ish o‘rni rejalashtirilmoqda
  • 13
  • 24.09.2026 14:06:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyoti joriy yilning birinchi yarmida 8,8 foizga, sanoat 9,2 foizga, xizmatlar 16,1 foizga va investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
Prezident Andijondagi 1 ming gektar sanoat va tadbirkorlik hududiga 7 mlrd dollar investitsiya jalb qilib, kamida 70 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, investitsiyalarni zamonaviy texnologiyalar, yuqori qo‘shilgan qiymat va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda axborot texnologiyalari, malakali kadrlar, eksport va investitsiyalarni diversifikatsiya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News