🇰🇷 Yun Sok Yolni hibsga olish uchun tergovchilar uning qarorgohiga keldi

  • 5
  • 03.01.2025 13:44:00
  • 1 daq o'qish

 

Seulning G‘arbiy okrug sudi 31-dekabr kuni prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order bergandi. Bunga lavozimidan chetlatilgan prezident qo‘zg‘olonga rahbarlik qilish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib, uch marta so‘roqqa kelmagani sabab bo’lgan. Shu sababli tergovchilar mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun 3-yanvar kuni uning qarorgohiga keldi. Taxminan soat 8:00 (Toshkent vaqti bilan soat 5.54 ) da 50 kishidan iborat tergov guruhi qarorgoh hududiga kirgan. Politsiya prezident qarorgohi atrofida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus kuch bo‘linmasi va 2,7 ming xodimni joylashtirgan. Qarorgoh yonida “prezidentni himoya qilish” va “impichmentni bekor qilish”ga chaqiruvchi 1 ming 200 nafar Yun tarafdorlari to‘plangan. Ularning ba’zilari politsiya bilan to‘qnashuvga kirishgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etgani uchun hokimiyatdan chetlashtirilgandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News