
- 4
- 06.12.2024 14:07:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol favqulodda harbiy holat e’lon qilgani ortidan, politsiya uni isyonda gumon qilib, tergov boshladi. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3-dekabr kuni kechqurun mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qildi. U 45 yil ichida mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi. Parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlandi. Davlat rahbari bu qarorni “konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish va mamlakat ichidagi Shimoliy Koreya tarafdorlarini yo‘q qilish” zarurati bilan izohladi. Janubiy Koreya muxolifati prezidentga qarshi impichment loyihasini ham parlamentga taqdim etdi. Ovoz berish loyiha majlisda ko‘rib chiqilganidan keyin 24-72 soat ichida o‘tkazilishi kerak.