- 2
- 04.01.2025 17:02:00
- 1 daq o'qish
2-yanvar kuni obunachilariga bergan va’dasini bajarish uchun andijonlik avtobloger G‘ayrat Mahmudov shaxsiy KIA K5 avtomobiliga “burjuyka” pech o‘rnatib, choy qaynatdi.
Keng muhokamalarga sabab bo‘lgan videoda mashina tomiga teshik ochilib, u yerdan tutun chiqarish quvuri o‘tkazilgani, pech esa yo‘lovchi o‘rindig‘i o‘rniga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmati avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgani, bloger esa transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilganini ma’lum qildi.