Metroda poyezdlar harakatining oraliq vaqti 1,5 daqiqagacha qisqartiriladi

Metroda poyezdlar harakatining oraliq vaqti 1,5 daqiqagacha qisqartiriladi
  • 5
  • 24.08.2023 13:49:00
  • 1 daq o'qish

4 sentabrdan yangi o‘quv yili boshlanadi va jamoat transportiga bo‘lgan talab oshadi. Shu sababli, «Toshkent metropoliteni» poyezdlar harakatidagi oraliq vaqtni qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Qayd qilinishicha, metrodan foydalanishda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ichki resurslardan maksimal darajada foydalangan holda vaqt oraliqlari qisqartiriladi. Jumladan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3,5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News