Interpol xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosini BAAdan ekstraditsiya qildi

Interpol xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosini BAAdan ekstraditsiya qildi
  • 5
  • 07.09.2023 09:38:00
  • 1 daq o'qish

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolarini hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan xalqaro miqyosda Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasi hal etildi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalqaro jinoiy politsiya Interpol tomonidan O‘zbekiston Bosh konsulligi vakillarining bevosita ko‘magida Toshkent va Abu-Dabi shaharlari milliy markaziy byurolari o‘rtasida tadbirlar o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarda avval ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan jinoyatchilarni topshirish ishlari amalga oshirilgan.

“Shu tariqa, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida BAA hududida aniqlangan jinoyatchilarning iziga tushishga muvaffaq bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.

BAA vakolatli organlarining ijobiy qarori natijasida qidiruvdagilar adolat taraqqiy topishi uchun Toshkentga yetkazilishi maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News