- 6
- 29.10.2024 16:47:00
- 1 daq o'qish
10 ga yaqin xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining mutaxassislari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati va sport sohasida erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev yoshlarga oid davlat siyosati, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qildi.
Turkiyaning yoshlar jamg‘armasi rahbari Ibrohim Beshinji O‘zbekistonda yoshlar siyosati sohasi katta sur’at bilan rivojlanayotgani, yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda qo‘llab-quvvatlash mamlakatning asosiy ustuvorliklaridan biriga aylanganini e’tirof etdi.
“Hi China” Xalqaro yoshlarni rivojlantirish Alyansi Prezidenti Liu Xi mamlakatimizda innovatsion va yetakchilikka yo‘naltirilgan ko‘plab loyihalar orqali O‘zbekiston kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratilganini qayd etdi.