Navoiyda Paynet terminalini o‘g‘irlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Navoiyda Paynet terminalini o‘g‘irlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi
  • 0
  • 22.08.2025 12:48:00
  • 1 daq o'qish

Navoiy shahrida uch nafar shaxs Paynet to‘lov terminalini o‘g‘irlashga uringan paytda qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar avval avtomobil davlat raqamlarini yechib tashlagan, yuzlarini niqob bilan yopgan va tibbiy qo‘lqop kiyib jinoyatga tayyorgarlik ko‘rgan. Terminal ichida 5 million 263 ming so‘m bo‘lgan. Ular qurilmani olib ketishga uringan paytda og‘irligi sababli qulab tushgan va ovozi atrofdagilarning e’tiborini tortgan. Tezkor guruh voqea joyiga yetib kelib, jinoyatchilarni qo‘lga olgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News