Kashmirdagi terakt ortidan Hindiston-Pokiston ziddiyati keskinlashdi

Kashmirdagi terakt ortidan Hindiston-Pokiston ziddiyati keskinlashdi
  • 0
  • 25.04.2025 12:34:00
  • 1 daq o'qish

22-aprel kuni Hindistonning Janubiy Kashmir hududida sodir bo‘lgan terakt ortidan Hindiston hukumati Pokistonga qarshi qator sanksiyalarni e’lon qilib, pokistonliklarga viza berishni to‘xtatdi va Pokiston bilan asosiy chegara punktini yopib, suv oqimini to‘sdi. Pokiston ham Hindiston uchun havo hududini yopdi.
Kashmirdagi terakt oqibatida kamida 27 kishi, jumladan, ikki xorijlik halok bo‘ldi. Javobgarlikni “Kashmir Resistance” guruhi zimmasiga oldi. Hindiston esa Pokistonni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News