Hindiston Pokistonga raketa zarbalari berdi

Hindiston Pokistonga raketa zarbalari berdi
  • 0
  • 07.05.2025 16:12:00
  • 1 daq o'qish

7-mayga o‘tar kechasi Hindiston “Sindur operatsiyasi”ni boshladi va Pokistonning Muzaffarobod shahri atrofidagi nishonlarga raketa zarbalari yo‘lladi. Portlashlar natijasida hududda elektr ta’minoti uzildi.

Hindiston Mudofaa vazirligi bu hujumlar Pokistondagi  “terrorchilik infratuzilmalari”ga qaratilganini bildirdi. To‘qqizta obyektga ballistik raketalar bilan zarba berilgani, harbiy bazalarga tegilmagani aytildi.

Pokiston zarbalarni tasdiqlab, javob choralari ko‘rilishini va havo yo‘llari 48 soatga yopilishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 22-aprel kuni Hindistonning Pahalgam shahrida sodir etilgan terakt ortidan Hindiston Pokiston bilan chegarani yopgan va Pokiston fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News