
- 0
- 19.09.2025 09:40:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Kerala shtatida suv orqali yuqadigan “miyani yeydigan” Naegleria fowleri amyobasi tufayli kasallanish va o‘lim holatlari 2024-yilga nisbatan ikki baravar oshdi. 2025-yilda 72 kishi kasallikka chalingan, 19 nafari vafot etgan. Birgina sentyabr oyida to‘qqiz o‘lim va 24 ta kasallanish holati qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash rasmiylari kasallikni aniqlash va davolash bo‘yicha shtab tuzdi hamda keng qamrovli tekshiruvlarni boshladi. Amyoba iliq ko‘l va daryolarda yashaydi, iflos suv burunga tushganda yuqadi, lekin odamdan odamga yuqmaydi. Infeksiya miyaga yetib borsa, 95 foiz hollarda o‘lim bilan tugaydi.
Shifokorlar bu infeksiya juda kam uchrashini, ammo deyarli doim o‘limga olib kelishini ta’kidlashmoqda.