Hindiston va Pokiston urush bo‘sag‘asida

Hindiston va Pokiston urush bo‘sag‘asida
  • 1
  • 25.04.2025 15:13:00
  • 1 daq o'qish

24-aprel kuni Hindiston va Pokiston harbiylari Jammu va Kashmirdagi chegara nazorat chizig‘ida bir-biriga qarata o‘q uzib, otishma sodir etishdi. Hindiston Hind daryosining Pokistonga oqimini to‘sib qo‘ydi. Pokiston bu harakatni urush e’lon qilish deb baholab, Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston bilan urushga tayyorligini va uning hududlaridan birini tor-mor qilish bilan tahdid qilgan holda raketa uchirilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Daily Times jurnalisti Isroil Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik fonida Hindistonning Adampur aviabazasiga yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar, jumladan, boshqariladigan bombalar yetkazib bergani ma’lum qildi.
Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni bir guruh terrorchilar bahsli Jammu va Kashmir hududida tinch aholi va sayyohlarga hujum qilganidan keyin keskinlashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News