
- 1
- 23.07.2025 13:11:00
- 1 daq o'qish
Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi abituriyentlarga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali va Belizdagi uchta tibbiyot universitetida o‘qimaslikni qat’iy tavsiya qildi. Sababi – bu muassasalar Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi. U yerda ta’lim sifati past, infratuzilma yomon, talabalarga bosim o‘tkazilishi holatlari qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda tibbiy ta’lim olayotgan ayrim hind talabalar o‘qituvchilarning saviyasi, yotoqxona holati va imtihonlar sifati bo‘yicha shikoyat qilgan. Tanqiddan so‘ng oliy ta’lim vaziri talabalar bilan uchrashib, sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriq bergan.