
- 7
- 09.06.2023 14:21:00
- 1 daq o'qish
O'zbekistonda 2023-yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
Shunda 2023-yil magistraturaga faqat bir marta — yozda qabul bo‘ladi.
"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani va yangi tizim bo’lgani uchun istisno tarzda bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi", — dedi Ibrohim Abdurahmonov
Manba: Uzreportnews