
- 0
- 17.09.2025 07:58:00
- 1 daq o'qish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Loyiha 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan internet yoki telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uyatsiz harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirishni, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutadi.
Shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish muddati bir kun bilan cheklanadi hamda jarayonga ularning qonuniy vakillari ham qatnashishi ko‘zda tutiladi. Deputat Sayyora Imomova bu o‘zgarishlar voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 8 oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar 36 foizga oshgan.