O‘zbekistonda ayrim o‘quvchilar oliygohga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda ayrim o‘quvchilar oliygohga imtihonsiz qabul qilinadi
  • 6
  • 28.06.2024 14:19:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Bundan tashqari kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News