
- 2
- 08.07.2023 07:55:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi imkoniyati cheklangan shaxslar orasidan vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qildi.
Agentlik davlat xizmatchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz platformasi orqali agentlikning markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovning 1-bosqichini e‘lon qildi.
Nomzodlarga alohida talablar: Nogironligi boʼlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan nogironlik toʼg‘risidagi maʼlumotnomaning kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismida koʼrsatilgan tavsiya asosida tanlovda ishtirok etadi. Quyida mazkur lavozimlar keltirilgan:
- Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Ijtimoiy toʼlovlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
- Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
- Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
- Moliya tahlil va rejalashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
- Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
- Raqamli texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Manba: daryo.uz