O‘zbekistonda 6 oyda 50 yoshdan oshgan qariyb 700 nafar ayol turmush qurdi

O‘zbekistonda 6 oyda 50 yoshdan oshgan qariyb 700 nafar ayol turmush qurdi
  • 10
  • 09.10.2026 20:53:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 50 yosh va undan katta 694 nafar ayol turmush qurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yilning dastlabki olti oyida mamlakatda jami 92,3 mingta nikoh qayd etilgan. Shundan 49 280 tasi 20–30 yoshdagi, 7 570 tasi 31–40 yoshdagi, 2 562 tasi esa 41 yosh va undan katta ayollarga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, 50 yosh va undan katta ayollar o‘rtasida 2025-yilda 1 478 ta, 2024-yilda 1 430 ta, 2023-yilda 1 427 ta nikoh qayd etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News