
- 5
- 18.07.2024 17:28:00
- 1 daq o'qish
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, elektrosamokatchilarga piyodalar yo‘lkalaridan soatiga 10 km dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlandi.
Shuningdek, 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish taqiqlandi.