O‘zbekistonda ota-onalar bolalarini jismoniy jazolashi taqiqlanmoqda

O‘zbekistonda ota-onalar bolalarini jismoniy jazolashi taqiqlanmoqda
  • 7
  • 15.08.2024 15:41:00
  • 1 daq o'qish

So‘nggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar soni oshib borayotgani sabab O‘zbekistonda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Qonunda hatto ota-onalar bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan 30 kun muddatgacha beriladi va vakolatli davlat organi ishtirokida jabrlanuvchiga topshiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News