O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazosi 3 kunga qisqaradi

O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazosi 3 kunga qisqaradi
  • 0
  • 04.09.2025 13:03:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq O‘zbekistonda mahkumlarning jazo muddatini kitob o‘qish orqali qisqartirishni ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergandik. Qonun Oliy Majlis Senat tomonidan rasman tasdiqlandi. 
Qonunga muvofiq, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tasdiqlagan ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir mahkumning jazosi 3 kunga qisqartiriladi. Bu imkoniyat bir yil davomida eng ko‘pi bilan 30 kungacha qo‘llanadi.

Mazkur tartib umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlardan tashqari barcha mahkumlarga tatbiq etiladi. Hozirda 13,5 mingdan ortiq mahkum bu tartibdan foydalanishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News