O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi “uyg‘ondi”

O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi “uyg‘ondi”
  • 0
  • 17.04.2025 15:47:00
  • 1 daq o'qish

❗️Sanepidqo‘mita Qrim-Kongo gemorragik kasalligi (KQQI) tarqatuvchi kanalar faollashgani sababli aholini ogohlikka chaqirdi. 
KQQI kanalar chaqishi orqali yuqadigan o‘ta xavfli kasallik bo‘lib, to‘satdan isitma, bosh og‘rig‘i, mushak va bel og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va gemorragik holatlar (burundan qon ketishi, teri ostiga qon quyilishi) bilan kechadi. 
Kasallik Afrika, Bolqon, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda uchraydi, o‘lim darajasi 10-40% gacha yetishi mumkin. 

❗️KQQIdan saqlanish uchun chorva mollari tanasidagi kanalarni qo‘llar bilan terib olmaslik, ularni o‘ldirmaslik, tog‘-adirlarga chiqqanda ehtiyot bo‘lish va kana chaqqan taqdirda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News