Ukrainada urush tufayli 500 nafar bola halok bo‘ldi

Ukrainada urush tufayli 500 nafar bola halok bo‘ldi
  • 7
  • 14.08.2023 08:12:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 500 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 1097 nafardan ortiq voyaga yetmaganlar turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

“Bu raqamlar yakuniy emas. Ularni urush joylarida, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda aniqlash ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Donetsk viloyatida 485, Xarkovda 298, Kiyevda 129, Xersonda 118, Zaporojyeda 99, Nikolayevda 97, Dnepropetrovskda 94, Chernigovda 71 va Luganskda 67 nafar bola jabrlangan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News