Turkiyada dengiz suvi namunalari tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan vibrio turkumiga mansub bakteriyalar aniqlangan. Bu haqda Milliyet nashri xabar bermoqda.

Turkiyada dengiz suvi namunalari tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan vibrio turkumiga mansub bakteriyalar aniqlangan. Bu haqda Milliyet nashri xabar bermoqda.
  • 1
  • 22.07.2025 08:48:00
  • 1 daq o'qish

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, global isish tufayli dengiz suvining harorati oshib bormoqda. Bu esa vibrio bakteriyalarining tez ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Bakteriyalar ochiq yaralar orqali organizmga kirib, og‘ir infeksiyalar, ba’zida hatto o‘limga olib keluvchi holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Istanbul Florence Nightingale kasalxonasi urologi Ugur Aferin fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan.

Shifokorlar quyidagilarni tavsiya qilmoqda:

* Ochiq yara bilan dengizga tushmaslik
* Suzgandan so‘ng darhol dush qabul qilish
* Ho‘l suzish kiyimida uzoq vaqt yurmaslik
* Dengiz mahsulotlarini, ayniqsa xom chig‘anoqlarni iste’mol qilmaslik
* Yarani suv o‘tkazmaydigan bog‘lam bilan yopish
* Peshob chiqarishni kechiktirmaslik

Ma’lumotlarga ko‘ra, vibrio cholera oshqozon-ichak tizimiga tushib, og‘ir diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, vibrio infeksiyalari ko‘pchilikda yengil yoki alomatsiz kechsa-da, ba’zida jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bakteriya tanaga tushgach, belgilari 12 soat ichida yoki 5 kungacha bo‘lgan muddatda paydo bo‘lishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News