
- 0
- 27.06.2026 16:40:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi erkak uy olish uchun yig‘ayotgan millionlab liraga teng oltinlarni o‘g‘rilikdan saqlash maqsadida eski kiyimga o‘rab, qora paketga solib yashirib qo‘ygan. Biroq uning rafiqasi uy tozalayotgan paytda paketni axlat deb o‘ylab, tashlab yuborgan. Voqeadan xabar topgan erkak darhol axlat qutilarini qidira boshlagan. Shuningdek, hodisa yuzasidan politsiya va kommunal xizmatlar ham qidiruv ishlariga jalb qilingan. Huquq-tartibot idoralari kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib, axlat mashinasining harakat yo‘nalishini tekshirmoqda.