
- 13
- 26.08.2023 11:48:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Alabama shtatida mahbusni sof azotdan nafas olishga majburlash orqali qatl qilish rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shtat prokuraturasi mahalliy oliy sudga Kennet Yudjin Smitni qatl qilish sanasini belgilashni so‘rab petisiya yuborgan. Dastlab, bu odam 2022 yilda in’yeksiya yordamida qatl etilishi kerak edi, ammo unga in’yeksiya yuborishning imkoni bo‘lmagan.
Natijada, amerikalikni azot gipoksiyasi bilan o‘ldirishga qaror qilindi – u kisloroddan mahrum qilinib, faqat azot bilan nafas oldiriladi. Qayd etilishicha, ushbu turdagi qatl uch shtatda rasman ruxsat etilgan, biroq bungacha hech qachon qo‘llanilmagan.
Manba: xabar.uz