AQSHda to‘fondan keyin tarqalgan bakteriyalar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

AQSHda to‘fondan keyin tarqalgan bakteriyalar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 25.10.2024 14:52:00
  • 1 daq o'qish

Floridada “Helen” va “Milton” to‘fonlaridan keyin Vibrio vulnificus bakteriyasi  yuqishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Mazkur virus ochiq yaralarga dengiz suvi tegishi yoki xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, titroq, past qon bosimi va terining shikastlanishi mavjud. Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda o‘rtacha 150 tadan 250 tagacha Vibrio vulnificus infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Infeksiya yuqqan har beshinchi odam vafot etadi.

Eslatib o‘tamiz, 26-sentabr kuni Floridaga “Helen” to‘foni yopirilib, 200 kishining, 5-oktabrdagi “Milton” to‘foni 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News