
- 5
- 01.11.2023 10:04:00
- 1 daq o'qish
65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan deb gumon qilinayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning navbatdagi majlisida, vafot etgan 65 nafar bolaning jasadini eksgumatsiya qilish (qabrni ochib, jasadda tadqiqot o‘tkazish, Tahririyat izohi) so‘raldi. Mazkur iltimosnoma sud hay’atiga hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati Davron Ahmadov tomonidan kiritildi. Va bir nechta advokatlar, sudlanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Advokat Xudoyberganov esa sudlov hay’atidan mazkur iltimosnoma bo‘yicha bugun xulosa qilmaslikni so‘radi.
Davlat ayblovchisi mazkur iltimosnomani rad etishni so‘radi. Qolgan advokatlar va sudlanuvchilar esa iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etishni sudga havola qildi. Sudda ko‘rinish bergan jabrlanuvchilar esa bu iltimosnomani tamoman rad etishni so‘radi.
Sud hay’ati tomonlar fikrini tinglab, iltimosnoma bo‘yicha bugun xulosa qilinmasligini, Samarqandda bir necha marhum bolalar eksgumatsiya qilinganini aytib, “Shu xulosalarni olib, jabrlanuvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda keyinroq xulosa chiqaramiz”, — dedi.