Kamerun poytaxtida 23 kishi to‘g‘on buzilishi oqibatida halok bo‘ldi

Kamerun poytaxtida 23 kishi to‘g‘on buzilishi oqibatida halok bo‘ldi
  • 4
  • 10.10.2023 10:37:00
  • 1 daq o'qish

Kamerun poytaxti Yaunde shahrida to‘g‘on buzilishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi. Unga ko‘ra, uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir natijasida ko‘llardan biridagi to‘g‘on suv bosimiga bardosh bera olmadi. Kuchli suv oqimi 30 ga yaqin uyning vayron bo‘lishiga olib kelgan. 

O‘z navbatida, Journal du Cameroun gazetasi poytaxtning Mbankolo kvartali to‘g‘on yorilishidan zarar ko‘rganini xabar qilmoqda.

Hodisa oqibatida 23 nafar inson halok bo‘lgan, shuningdek, bedarak yo‘qolganlar ham ko‘pligi aytilmoqda. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News