SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali binosida plita quladi

SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali binosida plita quladi
  • 6
  • 04.09.2023 11:16:00
  • 1 daq o'qish

OTM ma’muriyatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hodisada uch nafar qiz jarohat olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali binosida plita qulab tushgani va talabalarni bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Hodisa majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Kun.uz muxbirining universitet ma’muriyatiga tayanib ma’lum qilishicha, uch nafar talaba qiz jarohatlangan.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilgan. Ming o‘ringa mo‘ljallangan bu bino 2022 yilda mukammal ta’mirlangan.

Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali 2021 yilda tashkil etilib, o‘sha yili 11 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 703 nafar talaba qabul qilingan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News