Qozog‘istonning Atirau viloyatida zaharli qoraqurt o‘rgimchaklari oqibatida chorva mollari nobud bo‘lmoqda

Qozog‘istonning Atirau viloyatida zaharli qoraqurt o‘rgimchaklari oqibatida chorva mollari nobud bo‘lmoqda
  • 4
  • 04.07.2024 15:20:00
  • 1 daq o'qish

Aniqlanishicha, qumloq joylarda zaharli hasharotlar sonining ko‘payishi kuzatilib, hozirgacha 63 bosh tuya nobud bo‘lgan. 
Xavfli hasharotlar hozir Indera viloyatining O‘rliq, Ko‘kto‘g‘ay, Esbol va Eltay qishloqlarini bosib olgan. 

Qishloq aholisi ham zaharli o‘rgimchak chaqishidan aziyat chekib, jami to‘qqiz kishi, jumladan, yetti nafar yoshi kattalar, 7 va 15 yoshli ikki maktab o‘quvchisi jabrlangan. Ayni paytda qishloq aholisining sakkiz nafari statsionar, bir nafari ambulator davolanishda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News