Termizda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Cobalt ikkiga bo‘linib ketdi: bir o‘quvchi halok bo‘ldi

Termizda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Cobalt ikkiga bo‘linib ketdi: bir o‘quvchi halok bo‘ldi
  • 10
  • 12.10.2026 17:10:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Cobalt avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda uning sinfdoshi halok bo‘ldi, haydovchi esa og‘ir jarohat oldi.
Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9-oktabr kuni soat 13:00 atrofida Termiz shahri — Namuna — xalqaro aeroport yo‘lining 11-kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan, 10-sinfda o‘qiydigan bola haydovchilik guvohnomasisiz onasiga tegishli Cobalt avtomobilini yuqori tezlikda boshqargan. U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan. Zarba oqibatida avtomobil ikkiga bo‘linib ketgan. Avtomobilda bo‘lgan, 2010-yilda tug‘ilgan sinfdoshi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, hududdagi uchta maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida voyaga yetmaganlarning transport vositalarini boshqarishi hamda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News