
- 1
- 18.09.2025 09:30:00
- 1 daq o'qish
17-sentabr kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi “Miskin” mahallasida 24 yoshli ayol rashk sababli kelib chiqqan kelishmovchilikdan so‘ng 2022 va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki farzandini uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yubordi. Keyin o‘zi ham 8-qavatdan sakradi.
Ayol shifoxonada vafot etdi, ikki bola esa tirik qolib, jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda.