Toshkentda oqar suvdan to‘lov asosida foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda oqar suvdan to‘lov asosida foydalanish yo‘lga qo‘yiladi
  • 4
  • 27.07.2023 12:18:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentda 2024-yil 1-yanvardan oqar suv, jumladan, texnik suv resurslaridan to‘lov asosida foydalaniladi. Bu haqda prezidentning 26-iyuldagi qarorida belgilandi. 

“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

2024-yil 1-martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz taʼminoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News