
- 0
- 19.09.2025 07:52:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda bir erkak qizlarning orqasini ushlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, 11-sentabr kuni Chilonzor tumanida “Xalqlar do‘stligi–Sirg‘ali” yo‘nalishida qatnovchi 11-sonli avtobusda yurgan erkak yo‘lovchi qizlarning orqasiga qo‘li bilan teginib, shahvoniy bezorilik qilgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani profilaktika inspektorlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan. 17-sentabr kuni Chilonzor tuman sudi erkakka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. Sud qaroriga ko‘ra, u 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa hukm qilindi.