
- 2
- 12.07.2025 12:53:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu avtomobilining kapotida raqsga tushayotgan erkak aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar YHXB holat yuzasidan munosabat bildirib, huquqbuzar qo‘lga olingananini ma’lum qildi. Aniqlanishicha, Malibu avtomobili Damas’ga tegishli davlat raqam belgisi bilan harakatlangan. Huquqbuzarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Erkak qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, trend ortidan quvish xavfli ekanini tan oldi.