
- 0
- 03.09.2025 12:18:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda APK fayllar orqali fuqarolarning ma’lumotlari va pullarini o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lumotiga ko‘ra, ular virusli dasturlar yordamida 133 nafardan ortiq fuqarodan qariyb 3 mlrd so‘mni o‘g‘irlashgan. Tezkor tadbir davomida guruhning 5 a’zosi qo‘lga olingan, ular bilan bog‘liq boshqa shaxslarni aniqlash ishlari davom etmoqda.