Toshkentda 1 kg dovcha qariyb 1 mln so‘mdan sotilmoqda

Toshkentda 1 kg dovcha qariyb 1 mln so‘mdan sotilmoqda
  • 7
  • 10.03.2023 15:14:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida chakana savdoda birinchi dovuchcha paydo bo‘ldi. “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining faqat bitta do‘konida dovuchchaning 100 grammi 99 990 so‘mdan sotilmoqda. Bu 1 kg uchun 999 900 so‘m degani. 

2023-yilda paydo bo‘lgan ilk dovuchcha o‘tgan yilgiga qaraganda roppa-rosa 10 barobar qimmatroq bo‘ldi. 

EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi supermarketlarda dovuchcha quyidagi sana va narxlarda paydo bo‘lgan:

2022-yil: 6-martda 100 gramm uchun 9 990 so‘m (0,92 dollar) narxda, bu 1 kg uchun 9,2 dollarga to‘g‘ri keladi.

2021-yil: 9—10-mart kunlari 100 gramm uchun o‘rtacha 7 500 so‘m (0,71 dollar) narxda, ya’ni 1 kg uchun 7,1 dollar.

2020-yil: 11-martda 100 gramm uchun 9 599 so‘m (1 dollar) narxda, ya’ni 1kg uchun 10,1 dollar.

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2023-yilgi narxlar avvalgilariga qaraganda 10-13 barobar yuqori. 

Mutaxassislar O‘zbekistonning eng janubiy viloyatlarida ham bozorga chiqarilishi mumkin bo‘lgan yashil o‘rik hali shakllanmagani bois, Toshkentda sotilayotgan dovuchcha xorijdan keltirilgan yoki yopiq joylarda yetishtirilgan deya taxmin qilmoqda.

 

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News