Tayvanda xomyaklarni hojatxonaga oqizgan ayol qamalishi mumkin

Tayvanda xomyaklarni hojatxonaga oqizgan ayol qamalishi mumkin
  • 0
  • 13.09.2025 14:22:00
  • 1 daq o'qish

Tayvanda 27 yoshli tailandlik ayol 10 ta xomyakni hojatxonaga oqizib yuborib, bun Instagram’da e’lon qilgani uchun hibsga olindi. U xomyaklarni birin-ketin unitazga oqizib yuborib, bu jarayonni ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etgan.U hayvonlarga shafqatsizlik qilgani uchun ikki yilgacha qamoq jazosi hamda 6,5 mingdan 65 ming AQSh dollarigacha jarimaga tortilishi mumkin. Bundan tashqari, internetda zo‘ravonlik sahnalarini tarqatgani uchun ham alohida jazo berilishi ehtimoli bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News