
- 4
- 10.07.2023 15:06:00
- 1 daq o'qish
Shvetsiyaning Stortorget shahrida 9-iyul, yakshanba kuni uch ming kishi Qur’onning yoqilishini taqiqlashni talab qilib, namoyishga chiqdi, deb yozadi Sydsvenskan.
Namoyishga yig‘ilgan shved musulmonlari hukumatdan mamlakat qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishni va muqaddas bitiklarni tahqirlamoqchi bo‘lganlarni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritishni talab qilishdi.
"Biz musulmonlar xafa bo‘ldik. Shuning uchun biz bugun shu yerdamiz. Va bu shunchaki uchqun va bu Shvetsiya qonunchiligini yanada isloh qilishga olib kelishi kerak", — deya chiqish qildi aksiya tashkilotchilaridan biri.
Tashkilotchilar namoyishchilarga Qur’onning bosma nusxalarini, jami 500 ga yaqin nusxalarini tarqatishdi. Keyin barcha yig‘ilganlar jamoat bo‘lib nomoz o‘qishdi.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni Shvtsiya poytaxti Stokgolm shahrida Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muaqaddas Qur’on kitobini omma oldida yoqib yuborgandi. Shundan so'ng, Stoltenberg Qur’on yoqib yuborilishi Shvetsiyaning NATOga qo‘shilmasligiga sabab bo‘lmasligi kerakligini ta'kidlagan edi.
Manba: UzReport.uz