
- 0
- 24.09.2025 08:41:00
- 1 daq o'qish
Surxondaryo viloyatida “Odnoklassniki” messenjeri orqali 2019-yilda Abdulloh domla, yaʼni Abdugʻani Umarovning “Jannatga oshiqlar” nomli aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzasiga layk bosib, virtual doʻstlariga tarqatgan U.A. ismli fuqaro 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2025-yil 1-iyulda unga umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tash to‘g‘risida hukm chiqargan. Sudning ma’lumotiga ko‘ra, bu jinoyat og‘ir turga mansub bo‘lgani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.